Sektor rahbarlari sessiyada hisobot berdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining to‘qsoninchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi, 1-sektor rahbari Qayum Sobirov hisobot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3-choragi davomida hududda istiqomat qiluvchi 10 ta og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oilalar “Temir daftar”ga kiritilgan. Ularga uy-joy ta’miri va davolanish bilan bog‘liq 56 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ushbu davrda 270 nafar yigit-qizlarga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.  Shundan 3 nafariga dehqonchilik uchun yer, 11 nafariga 36 million so‘mlik asbob-uskuna, 6 nafariga 93 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratilgan. Bundan tashqari, 2 nafar yoshlarga 4 million so‘mlik kontrakt to‘lovi, 2 nafari uchun 9,5 million so‘mlik safarbarlik chaqiruv rezervi badali to‘lab berilgan.

Xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida esa 36 nafar ayollarning bandligi ta’minlangan, 144 nafar boquvchisi bo‘lmagan  xotin-qizlarga 815 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam pullari ajratilgan.

Tadbirda “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan tuman prokurori, 2-sektor rahbari Jamshid Ahmedov hisobot berdi.

Ta’kidlanishicha, tumanimiz mahallalari ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 15 ta obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ular uchun davlat budjetidan 10 milliard so‘m ajratilgan.

Sohalar kesimida tahlil qilinsa, 5,8 milliard so‘m 12 ta mahalla ichki yo‘llarini, 3,6 milliard so‘m suv inshootlarini ta’mirlash, suv va suv oqova tarmoqlarini tortish hamda 544 million so‘m elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga yo‘naltirilgan.

Kun tartibiga ko‘ra, ichki ishlar bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlar muhokama etildi. 4-sektor hududida amalga oshirilgan ishlar mavzusida soliq inspeksiya boshlig‘i Baxtiyor Baratov hisobot berdi.

Har bir masala yuzasidan tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM