Viloyat prokurori tashabbusi: Polvonariqda endi kutubxona bor

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning 22-dekabr kuni o‘tkazilgan respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisida “Jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz davom ettiriladi. Kelgusi yildan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ko‘p ming nusxalarda chop etish va barcha kutubxonalarga yetkazib berish choralari ko‘riladi”, deya ta’kidladi. Bu borada tumanimizda tizimli ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan, viloyat porokurori Murodqosim Eshnazarov Polvonariq mahallasida o‘tgan sayyor qabulda qishloq kutubxonasiga asos solish va rivojlantirish, ushbu ijobiy tajribani ommalashtirish yuzasidan taklif bildirgandi. Mahalla oqsoqollari, jamoatchilik faollari tomonidan ijobiy qabul qilingan tashabbus qisqa fursatda ro‘yobga chiqdi. Mahalla markazidan alohida xona ajratilib, jihozlandi. Tuman hokimligi, prokuratura hamda homiylar ko‘magi bilan ming nusxadan ortiq adabiyotlar jamlandi.

Ziyo maskanining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar kitobning inson ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi. Qishloq ziyolilari fondni yanada boyitish uchun sa’y-harakatlarni to‘xtatmasliklarini bildirishdi.

Tadbir 1-umumta’lim maktabida adbiyot bayramiga ulandi. “Umid” klubini a’zolarining chiqishlari, o‘quvchilarning diltortar kuy-qo‘shiqlari bilan davra yanada fayzli bo‘ldi. O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasidan parcha sahna ko‘rinishi sifatida namoyish etildi;

***

Shuningdek, tuman prokuraturasi jamoasi markaziy axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi. Bu maskanda faoliyat yuritayotgan soha xodimlari, kitobxon yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi. Qariyb 100 nusxa adabiyotlar muassasaga sovg‘a qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM