Nargiza maktabiga o‘z avtomashinasida keldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Avval xabar qilganimizdek, “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichida jomboylik Nargiza Muhammadiyeva g‘olib bo‘lgandi. U Prezident sovg‘asi – “Kobalt” avtomobiliga sazovor bo‘ldi.

Bugun Samarqand ziyolilari sharafini munosib himoya qilgan qizimiz tumanimizga qaytdi. Shu munosabat bilan 12-umumta’lim maktabida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman hokimi va sektor rahbarlari, yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari, korxona, tashkilot va muaassasa vakillari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar – keng jamoaatchilik ishtirok etdi.

Tuman hokimi Qayum Sobirov ko‘pmingsonli jomboyliklar nomidan Nargiza Muhammadiyevaning ota-onasi, ustozlariga barkamol avlod tarbiyasi uchun minnatdorlik bildirdi. Kitob-insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, bilim manbasi ekani ta’kidlandi. Ilmdan o‘zga najot yo‘q, degan hikmat zamirida ana mazmun borligi aytildi.

Tadbir Tut mahallasi ahli uchun rostmana bayramga aylandi, desak mubolag‘a emas. Ilmning, kitobxonlikka bo‘lgan ishtiyoqning bahosi shunday bo‘lishi ham kerak, aslida.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM