30 ta taklif 3-bosqichga o‘tdi
Fri, 13/08/2021 - 13:54Joriy yilning 1 iyulidan 1 avgustiga qadar https://openbudget.uz/ rasmiy veb-saytiga tumanimiz fuqarolaridan 168 ta taklif kelib tushdi.
Жомбой туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Joriy yilning 1 iyulidan 1 avgustiga qadar https://openbudget.uz/ rasmiy veb-saytiga tumanimiz fuqarolaridan 168 ta taklif kelib tushdi.
2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabining futbol maydonida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilyapti. Aytish joizki, tumanimizda ilk bor tashkil etilayotgan ushbu tadbirga qizg‘in hozirlik ko‘rildi.
“Ayollar daftari”ning ikkinchi bosqichida ro‘yxatga olingan 2109 nafar xotin-qizlarning muommolarini hal etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tumanimiz “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan, 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan hamda qaromog‘ida nogiron farzandi bor ayollarga moddiy yordam ajratildi.
Joriy yilgi bitiruvchilarimiz orasida muddatidan oldin talaba bo'lgan o'quvchilar ko'pchilikni tashkil etdi. Quvonarlisi, ayni kunlarda davom etayotgan test imtihonlarida ham jomboylik yigit-qizlar yuqori natijalarga erishishmoqda.
Aholini kasb-hunarga o‘qitishga ixtisoslashgan yana bir markaz foydalanishga topshirildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi ushbu dargoh markazdan olis – Tut mahallasida joylashgani bilan e’tiborga molik.