Jomboyda italyan texnologiyasi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Maroqand meva-sabzavot” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 10 ming tonna mahsulot saqlash imkonini beruvchi ikki bo‘limdan iborat muzlatkich ishga tushirildi. Qo‘ng‘irot mahallasi hududida yetishtirilayotgan o‘n turdagi bog‘dorchilik hosili ushbu yirik xajmli muzlatkichlarda saqlanmoqda.

– Birinchi bo‘limda 64 ta kamera bo‘lib, asosan olma joylashtirilgan, – deydi jamiyat ish boshqaruvchisi Shuhratjon Shodiboyev. – Ikkinchi bo‘limda sabzavotlarni saqlash ko‘zda tutilgan. Muzlatkichdagi mahsulotlar kelgusi yilning sentabr oyiga qadar o‘z sifatini yo‘qotmay turadi. 2023-yilgacha mevani yuvib, saralab, sifatli holda qutilarga joylashtiradigan yangi texnologiyalar o‘rnatmoqchimiz. Italiyaning bunday texnologiyasi mahsulot sifatini oshiradi. Qolaversa, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Sohib SAYFULLAYEV olgan surat.

2015-2021 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM