Navbatdagi press-tur: yoshlarga oid raqamlar ochiqlandi
Fri, 16/07/2021 - 11:12“Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi samaradorlik, yoshlar bilan ishlash, iste’dodli yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, sektorlar faoliyat samaradorligi”. Tumanimizga tashkil etilgan navbatdagi press-tur ushbu mavzuga bag‘ishlandi. Tadbirda ommaviy axborot vositalaridan tashqari, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi “Kelajak liderlari” klubi a’zolari ham qatnashdi.