Янгиликлар
Xirmon donga to‘lmoqda
Tue, 22/06/2021 - 12:39Mavsum jadal sur’atda davom etyapti. Ayni kunlarda Nurobod tumanidan ham hasharchi mexanizatorlar yordamga kelishgan.
1-sektor hududidagi “Safar Qodirov yerlari” fermer xo‘jaligida ish qizg‘in. G‘allakorlar 10 gektar maydondan 36 tonna hosil olib, shartnomaviy rejani 142,8 foizga bajarishdi.
Jomboy xirmoni 10 ming tonnalik marraga yaqinlashdi
Tue, 22/06/2021 - 10:22Ayni vaqtgacha tumanimizda faoliyat yuritayotgan qariyb 30 ta xo‘jalik don topshirish shartnomaviy rejasini bajardi. Gʻallakorlarimiz 10 ming tonnaga yaqin hosil ko‘tarib, ilg‘orlar safida borishyapti.
Tanishing: Jomboy iftixorlari!
Tue, 22/06/2021 - 09:05Tumanimizdagi 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining birvarakay 9 nafar bitiruvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi.
Avvalroq shu dargoh o‘quvchilari Dostonbek Islomov hamda Mirsharif Azimjonovning Toshkent shahridagi Puchon universitetiga imtihon topshirib, talaba bo‘lgani haqida xabar qilgandik.
17 ming 635 nafar aholiga yer ajratiladi
Mon, 21/06/2021 - 14:35Avval xabar qilganimizdek, tumanimizda g‘alla mavsumi jadallik bilan davom etmoqda. E’tiborlisi, hosildan bo‘shagan maydonlar shu kunning o‘zida takroriy ekin uchun aholiga ajratib berilyapti. Jumladan, 2-sektor hududida joylashgan “Mansurov Muzaffar fayzli zamini” fermer xo‘jaligi yerlaridan Polvonariq mahallasida istiqomat qiluvchi 13 nafar ehtiyojmand oilalarga 30 sotixdan ajratildi.