Tuman hokimligi tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ro‘yxati
1. Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish;
2. Hududdagi mahalla faollari to‘g‘risida ma’lumot olish;
3. Tashkilot va idoralarning xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish;
4. Yagona milliy mehnat tizimidagi faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahrirlash uchun ariza berish;
5. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka sertifikatini berish;
6. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish;
7. Tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilish uchun subsidiya ajratish;
8. Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish;
9. Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish;
10. Ishsiz dеb e’tirof etish va ishsizlik nafaqasini tayinlash;
11. Xususiy bandlik agеntliklari rеyеstriga tashkilotni qo‘shish;
12. Xususiy bandlik agеntliklarining O‘zbеkiston Rеspublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati uchun litsenziya rasmiylashtirish;
13. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zolik badali xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish;
14. “Usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlash uchun subsidiya ajratish;
15. “Usta-shogird” an’analari asosida hunar o‘rgangan shogirdga mustaqil o‘z faoliyatini boshlashi uchun subsidiya ajratish;
16. Ustalarga internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun subsidiya ajratish;
17. Tadbirkorlik subyektlariga hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foizsiz ssuda ajratish;
18. Kasanachilik ishchilarini kasbiy o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya 19. Kasanachilik yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ish joylarini moslashtirish uchun subsidiya ajratish;
20. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma;
21. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berish;
22. Malakani baholash markazlarini akkreditatsiya qilish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilish;
23. “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari kurslarida o‘qish uchun ariza yuborish.