insurez
16-03-2024 10:48


Tumanda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘rnatilgan o‘zaro munosabatlar

Hududiy investitsiya loyihalari doirasida amalga oshirilgan va bugungi kunda amalga oshirilayotgan loyihalarda, shuningdek davlat investitsiya dasturi doirasida ishga tushirilgan hamda bugungi kunda ro‘yobga chiqayotgan loyihalarda doimiy monitoring tizimi joriy etilgan. Tadbirkorlarning muammo va takliflari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, qonuniy tartibda tezkorlik bilan hal etiladi.

Bundan tashqari, tumanda faoliyat olib borayotgan eksportyor korxonalar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida eksport oldi va eksport jarayonlari doimiy ravishda monitoring qilinadi. Aniqlangan har qanday noqonuniy to‘siqlarni tezkor hal etish bo‘yicha tizim yaratilgan. Muammo va takliflar doimiy ravishda viloyat eksport shtabiga taqdim etib borilmoqda.

Korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, moliyaviy yordamlar, transport xarajatlarini qoplash, ko‘rgazmalarda ishtirok ekish, eksport oldi xarajatlarni qoplash, xalqaro sertifikatlarni olish, sug‘urta xarajatlarini qoplash kabi moliyaviy yordamlar berish bo‘yicha amliy ishlar tashkil qilinadi.

Haftaning chorshanba kuni savdo sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlar qabuli o‘tkaziladi. Unda tadbirkorlarni qiynayotgan muammoli masalalar hamda takliflar eshitiladi va muammoning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar beriladi.

Teglar
Insurance Policy