insurez
02-07-2024 10:57

Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Akram Sa’dullayevning hisoboti


Jomboy tumanida Sayxunobod va Uychi  tumanlari tajribasi” misolida aholi daromadlarini oshirish, shuningdek, banklarning mijozlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

I. Aholi xonadonlaridagi tomorqada ekin ekish ishlari bo‘yicha:

a) Jomboy tumanida 40 380 ming 4 380 ta aholi xonadonlaridagi ekin ekish mumkin bo‘lgan 4 497 gektar tomorqa yer maydoni mavjud bo‘lib, hozirgacha 4 380 ming gektar (100 foiz) maydonlarga ekinlar ekildi.

Xususan, 614 ga yerda sabzavot, 10 ga yerda poliz,
299 ga yerda kartoshka, 303 ga yerda dukkakli ekinlar, 3 271 ga yerda boshqa ekinlar ekildi.

Hozirda aholi tomorqalaridan yiliga 3 marotaba hosil olayotgan xonadonlar 38 foizni ( 17 413 ming ta) tashkil etmoqda

Bugungi kunda aholi xonadonlarining tamorqasining 299 gektar yer maydonlarida kartoshka yetishtirilmoqda jami 8 073 tonna mahsulotlar olinib, dehqon bozorlarda 1 kg kartoshka o‘rtacha 3,5 ming so‘mdan, 1 kg Loviya o‘rtacha  16 ming so‘mdan, mevalar o‘rtacha 2,5-3 ming so‘mgacha va boshqalar (sabzi,karam). o‘rtacha 4-7 ming so‘mdan sotilmoqda.

Natijada, bitta xonadon misolida 11 mln 200 ming.so‘m daromad olishadi

Xonadonlarda 3 martagacha hosil olish bilan birga, ko‘proq mevali ko‘chatlar va uzum ko‘chatlari ekish, buning hisobidan daromad olish samaradorliklari bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

b) Bugungi kunda jami 14 ta “Tomorqa xizmati” MChJlar faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa, 2024 yilda yana 4 ta tomorqa xizmatlari tashkil etiladi (ularning umumiy soni 27 taga yetkaziladi).

Hozirgi kunga qadar 4 ta tomorqa xizmati korxonalari tashkil etildi.

II. Dehqon xo‘jaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha:

a) Tumanda paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, jami
614 gektar yer maydonlari dehqonchilik qiluvchi fuqarolarga uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida ajratib berilgan.

Buning hisobiga qariyb 2 384 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilib, yer maydonlaridan (o‘rtacha 25 sotixdan) bir oila yiliga 12,5-14,5 mln so‘mgacha daromad qilishga erishmoqda.

Mazkur yer maydonlaridan 2024 yil hosili uchun sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirish hisob-kitob qilib chiqildi.

Jumladan, 305 gektarga sabzavot, 25 gektarga poliz,
183 gektarga kartoshka 58 gektarga dukkakli, 36 gektarga moyli va boshqalar 7 ga ekinlar joylashtirildi.

Bunda, asosiy e’tibor “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekinlarni joylashtirishga qaratildi.

Ushbu maydonlardan jami 15 ga sabzavot, 9 ga poliz, 5 ga kartoshka, 7 ga dukkakli va 5 ga boshqa turdagi ekinlar ekildi.

b) 2024 yilda dehqonchilik qilish istagini bildirgan yoshlarga
593 gektar yer maydonlari ajratib berildi (2 384 nafardan ortiq yoshlarga o‘rtacha 25 sotixdan). Hozirga qadar 593 gektardan ortiq maydonlarga ekinlar ekildi.

Shuningdek, yana 21 gektar yer maydonlarini sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun bir gektardan qilib lotlarga bo‘lgan holda ochiq elektron savdolariga chiqarildi (84 nafar ish o‘rinlari yaratiladi).

Ushbu ajratib berilayotgan 593 gektar hamda 21 gektar yer maydonlarining barchasiga sabzavot ekinlari, jumladan, 52 gektarga pomidor, 27 gektarga shirin qalampir, 9 gektarga karam,
29 gektarga achchiq qalampir, 36 gektarga sarimsoqpiyoz, 214 gektarga piyoz va qolgan 72 gektarga sabzi ekinlari joylashtiriladi.

Ushbu maydonlarga joylashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini belgilangan agrotexnik tadbirlar asosida parvarish qilib, ushbu maydonlarda jami 1 535 tonna mahsulotlar yig‘ishtirib olish ko‘zda tutilmoqda.

III. Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikdan chiqarish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha:

a) Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasidagi masalalarni tezkor hal etib borish maqsadida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari rahbarligida barcha hududlarda doimiy ishlaydigan Shtablar tashkil etilib, kunlik ma’lumotlar xonadonlar kesimida olinib, ishlar tashkil etilmoqda.

Shuningdek, 38 ta MFYda ishchi guruhlar tashkil etilib, ularga viloyat va tuman tijorat bank rahbarlari mas’ul etib belgilangan.     Jumladan, 38 ta mahallalar 4 ta tijorat banklariga biriktirildi.

b) Kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish bo‘yicha berilgan topshiriqdan kelib chiqib, joriy yil yakuniga qadar 231 ta xonadonlarning yillik daromadini o‘rta hisobda 5-7 mln so‘mga olib chiqish maqsad qilib olindi.

Bu bo‘yicha, 1 ta, jumladan mahalladagi aholi xonadonlari, boshqarma-tashkilotlar hamda ijtimoiy soha bo‘yicha alohida shtablar tashkil etildi.

v) Bugungi kunga qadar, tuman bo‘yicha jami 231 ta xonadonlarning daromadini oshirilishi ta’minlandi.

Ushbu ishlarga tijorat banklari tomonidan 2.70 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.

Hozirga qadar, 18 ta xonadonlarda 18 yengil konstruksiyali issiqxona qurib berildi;

102 ta xonadonning 1.02 gektar yer maydonida malina ko‘chatlari ekildi;

  • 88 ta xonadonlarga 6 113 ta tovuq tarqatildi;
  • 7  ta xonadonlarga 85 ta asalari uyalari olib kelindi;
  • 118 ta xonadonlarda qoramol va qo‘y boqish yo‘lga qo‘yildi;

Shu bilan birga, 7 ta yetakchi tadbirkorlar 38 ta mahallaga 4 ta yo‘nalishda biriktirilib, ular boshchiligida urug‘lik va ko‘chatlar yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

IV. Jomboy tumani Nayman MFY misolida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha:

a) Tuman hokimi hamda masulllar boshchiligida Nayman MFYda “Bir maxalla-bir maxsulot” tamoyili asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, hozirda Nayman mfyning Nayman, Beshkapa, Durman qishlog‘idagi 314 ta xonadonlarni yangi samaradorligi yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga ixtisoslashtirish, aholi bandligini ta’minlash va xonadonlarning daromadlarini oshirishga doir amaliy ishlar olib borildi.

Joriy yilning 25.05.2024 kunga qadar 34 352ta xonadonlar
(100 foiz) xatlov ishlari amalga oshirildi.

b) Xatlov jarayonida 239 ta xonadonlar tadbirkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi.

Jumladan:

- 6  nafari (18 sotix) issiqxona tashkil etish;

- 46 nafari (230 quti) asalari tashkil etish;

- 28 nafari (3600 dona) parranda boqishni yo‘lga qo‘yish;

- 13 nafari (28 bosh) qo‘y boqish istagini bildirgan.

 

V. Bank mijozlari bilan uchrashuvlar orqali aholi bandligi ta’minlash bo‘yicha:

a) Jomboy tadbirkorlarning muammolarini hal etish evaziga

1 271 ta yangi ish o‘rinlari yaratish kelishib olindi. Bugungi kunda 403 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. May oyi yakuniga qadar kamida 11 ta uchrashuv o‘tkaziladi.

b) Topshiriqqa asosan tumaning 38 ta mfylarida tuman hokimi va tuman prokurori hamda 4 ta tijorat banklari tomonidan 20 martdan 20 maygacha tuman tijorat banklarida xizmat ko‘rsatuvchi mijozlari (tadbirkorlik sub’ektlari) bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

v) Bundan tashqari, “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida Viloyat va tuman tijorat banklari tomonidan PQ-306-son qarorga asosan
 5 630 ta (har bir mahalladan 5 tadan) tadbirkorlik sub’ektlariga kredit ajratish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 17 may holatiga 1 526 ta tadbirkorlik sub’ektiga 126,1 mlrd.so‘m kredit ajratilgan. Shundan 13-17 may kunlari 393 ta tadbirkorlarga 26,5 mlrd.so‘m kredit ajratilgan.

Tumanda 38 ta mahalla bo‘lib, sertifikat olgan tadbirkorlar soni 70 tani, talab etilgan kredit miqdori 5,6 mlrd.so‘mni tashkil etmoqda.

g) Bank mijozlari bilan uchrashuvlar har oyda kamida ikki marta o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, xususiy banklar ham o‘z mijozlari bilan ularning masalalarini hal etish orqali qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha muntazam uchrashuvlar o‘tkazib boradi.

O‘z navbatida, yuqorida ko‘tarilgan masalalar ijrosi nazoratga olinib, Markaziy bankda tashkil etilgan shtab tomonidan monitoring yuritib boriladi.

 

VI. Soliq tushumini ko‘paytirish, xufyona iqtisodiyotga barxam berish bo‘yicha:

Mahallalarda yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish, o‘zini-o‘zi band, legallashtirish hamda xufyona iqtisodiyotga barxam berish orqali soliq bazasini oshirish bo‘yicha ham prokuratura, soliq idoralari bilan hamkorlikda alohida ish tashkil etilmoqda.

Bugungi kunga qadar ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida
ushbu yo‘nalishlarda 3,1 mlrd so‘mlik qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘lar undirildi.

Misol uchun:

-xufyona iqtisodiyotni qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar natijasida tumandagi davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan 5080 nafar fuqarolar aniqlanib, shundan, 127 tasi yuridik, 685 tasi YaTT va 4268 nafari o‘zini o‘zi band qilish orqali tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, 276 mln.so‘m davlat boji va 722 mln.so‘m soliqlar undirildi.

-xatlovda aniqlangan 3104 nafar norasmiy (konvert usulida ish haqi to‘lanayotgan) ish o‘rinlarini legallashtirish yuzasidan bugungi kunga qadar 3112 nafar (100,3 foiz) shaxslar rasmiy ishchi-xodim   sifatida ro‘yxatga olinishi ta’minlandi va 1,9 mlrd so‘m soliqlar undirildi.

-tumandagi 357 ta korxonalar tomonidan 595 nafar ishchilarga eng kam oylik ish haqi me’yoridan kam oylik to‘lab kelayotganligi natijasida 574 mln.so‘mlik daromad va ijtimoiy soliqlar to‘lanmasdan kelinayotganligi aniqlanib, bugungi kunga qadar 265 ta korxonalar tomonidan 466 nafar ishchilarga 2,5 mlrd so‘mlik ish haqlari qayta hisobot topshirish orqali soliq bazasiga kiritilib, 293 mln.so‘m soliqlar hisoblandi va 245 mln so‘mi undirildi.

-joriy yilning yanvar – may oylarida 812 ta yangi sub’ektlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida tadbirkorlarning savdo tushumi ortib bormoqda, xususan tushum joriy yil yanvar oyida 12,9 mlrd so‘mni, fevral oyida 14,7 mlrd so‘mni va mart oyida 17,9 mlrd so‘mni aprel oyida 19,8 mlrd so‘mni, may oyida 21,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

VII. Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha:

a) Umuman joriy yilda barcha yo‘nalishlarda 24 354  mingta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga ishsiz aholini daromad keltiradigan mehnat bilan band qilish rejalashtirilgan.

Hozirda mazkur dasturni ijrosini ta’minlash maqsadida, shaharlar va tumanlar hokimlari bilan birgalikda, sektorlar hamda MFYlar kesimida dastur ijrosini oyma-oy ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar tashkil etilgan.

Joriy yilning yanvar-aperl oylari yakuni bilan jami 3 104 nafar aholi bandligi ta’minlash rejalashtirilgan edi. Amalda jami 3 110 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi (shundan investitsiya loyihalari hisobiga 88 nafar, xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobiga 893 nafar, qishloq xo‘jaligida 1 943 nafar, qurilishda 186 nafa rnafar).

b) Bugungi kunda tumanda 11 025 ming nafar fuqarolar xorijga chiqib ketgan.

Xorijda faoliyat ko‘rsatayotganlarni 10 618 nafari ishlash uchun chiqib ketganlarni (96.3%), 145 nafari o‘qish maqsadlarida va
266 nafari boshqa (davolanish, turizm kabi) maqsadlarda xorijga chiqib ketganlarni tashkil etadi.

2024 yil yanvar-may oylarida jami 327 nafar fuqarolar migratsiyadan qaytib kelgan. Shundan ishlash uchun ketib qaytib kelgan
2 217 nafardan 1 863 nafarini
bandligi ta’minlandi.

v) Shuningdek, tumandagi umumta’lim maktablarini tamomlayotgan
2 030 nafar bitiruvchilarni bandligini ta’minlash bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazilib, yoshlarni xohish istaklaridan kelib chiqib mas’ullar biriktirildi. Shu bilan birga, joylarda 84 dan ziyod vatanparvarlik va sport tadbirlariga 2 600 ming nafar yoshlar jalb etildi.

Hozirgi kunda bitiruvchi yoshlarning 2 030 nafar bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq manzilli ro‘yxatlar shakllantirilgan, iyun oyida 168 nafar bitiruvchilar bandligi ta’minlanadi.

Teglar
- -