insurez
27-05-2024 11:51

Tumanimiz tibbiyoti viloyatda ilg‘or ekani e’tirof etildi


Tuman tibbiyot birlashmasida sohadagi islohotlar ijrosi yuzasidan viloyat seminari o‘tkazildi. Viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, bemorlar va shifokorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar Jomboy tajribasi misolida taqdimot qilindi.

Seminarda barcha tuman tibbiyot birlashmasi rahbarlari, viloyat ixtisoslashtirilgan shifoxona boshliqlari qatnashdi. Ishtirokchilar dastlab Olmazor mahallasidagi “Zarafshon” oilaviy shifokorlik punkti hamda Eski Jomboy mahallasidagi oila poliklinikasida bo‘lishdi. Birlamchi davolash-profilaktika xizmatini yo‘lga qo‘yishda markazdan olis hududlarda amalga oshirlgan ishlar e’tirof etildi.

Qayd etish joizki, birgina Eski Jomboy poliklinikasiga 2023-yilda mahalliy budjetdan 1,2 milliard so‘m ajratilib, qo‘shimcha bino barpo etildi. Zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanishi natijasida diagnostika xizmati ham yo‘lga qo‘yildi. Bunda “Tashabbusli budjet” loyihasi qo‘l kelgani e’tiborga molik.

Seminar tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida davom etdi. Ayniqsa, “Emergency department”, tez yordam va ayollar maslahat bo‘limining yangi binosi, bolalar reanimatsiyasi va asosiy bino yerto‘lasida yaratilgan sharoitlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Seminar doirasida “Ambosodor” firmasining tabiiy vositalar orqali davolash uslubini tumanimiz aholisi orasida yoyishga qaratilgan loyiha taqdimot qilindi.

Jomboy tajribasi viloyatimiz bo‘ylab ommalashtirilishi belgilandi.

.

Teglar
- -